“Bir haftada bir kitob” loyihasi
«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining "Iqtisodiyot" fakultet tyutori Gulbahor Shodiyeva talabalar bilan birgalikda “Bir haftada bir kitob” loyihasini o‘tkazdi. Talabalar ushbu loyihani katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Chunki o‘qish quyidagi jihatlarda foydalidir: dunyoqarashingizni kengaytiradi, tasavvuringizni rivojlantiradi, so‘z boyligingizni kengaytiradi, stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, hissiy intellektni rivojlantiradi, ko‘p yillar davomida miyaning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi, shuningdek, baxtli bo‘lishingizga yordam beradi.
“Iqtisodiyot”fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati