Bir haftada bir kitob
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabalari bilan o‘tgan xafta o‘qish maqsad qilingan Minhojiddin Mirzoning “Uyg‘onish marifati” kitobi bugungi axborot soatida muhokama qilindi. Mazkur kitobda muallifning Vatan, uning taraqqiyoti, millat manaviyati kabi tushunchalarga munosabati qalamga olingan.
Maqola va suhbatlarda yoritilgan mavzular ayni kunlarimiz uchun o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu kitob kitobxonlar ommasiga, ayniqsa, manaviyat targ‘ibotchilariga, shular qatorida biz tyutorlarga ham juda asqotadi. Talaba-yoshlarning manaviyatini, madaniyatini, marifatini oshirish maqsadida qilinayotgan chora – tadbirlar, shular jumlasidan “Bir haftada bir kitob" loyihasi ularning kelgusi hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi muqarrardir.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati