"Bioiqtisodiyot" o'quv dasturiga qabul qilingan magistrantlar Latviya davlatida
2022-yilda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Oʻzbekistonda barqaror bioiqtisodiyot boʻyicha yangi magistratura oʻquv dasturlari” loyihasiga asosan "Bioiqtisodiyot" magistratura o'quv dasturi tashkil etilgan edi.
Hozirda ushbu o'quv dasturiga qabul qilingan magistrantlarning 9 nafari hamda loyihaning Oʻzbekistonlik hamkorlaridan Toshkent davlat agrar universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda ikkita “AGRO PRODEX GROUP” va “PROMEATAGRO” oziq-ovqat sanoati korxonalari vakillari bilan birgalikda Latviya davlatida o'quv tashrifi bilan bo'lib turibdi.
Tashrif Latviya Tashqi ishlar vazirligining “O’zbekistonda barqaror bioiqtisodiyotni rivojlantirishda Latviya malaka ko’nikmalari” loyihasi bo’yicha moliyalashtirilmoqda. Ushbu tashrif ishtirokchilarga O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot ekotizimini yaratishni rag‘batlantirish maqsadida bioiqtisodiyot hamda har bir sektor va muassasaning roli va vazifalari haqida chuqur tushuncha va bilimlarni rivojlantirish imkonini beradi.
Tashrifni ilk kunida mehmonlar Latviya milliy botanika bog'iga hamda Yurmala tabiat bog'iga tashrif buyurishdi va Latviya davlatining tabiati haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining bioiqtisodiyot sohasidagi tashabbuslari haqidagi taqdimotlari, shu bilan birga Qadimiy Riga shahri tarixi, binolari va madaniyati xususida ma'lumotlar tashrif buyuruvchilarning barchasiga birday ma'qul keldi.
Latviya davlatiga bo'lgan ushbu o'quv tashrifi 27-oktabr sanasiga qadar davom etadi.