TIQXMMI yangiliklari

img
17.06.2022

BioEcUz loyihasi doirasida Litva tajribasi o’rganildi

Joriy yilning 6-13 iyun kunlari  “O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura uchun yangi o‘quv dasturlari” loyihasi (BioEcUz) doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiya a’zolari Litva Qishloq xo’jalik akademiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan dasturda malaka oshirib kelishdi. Delegatsiya a’zolarini Litva Qishloq xo’jalik akademiyasi konsleri kutib oldi va universitet faoliyati bilan tanishtirib o’tdi. Suhbat davomida hamkorlik va imkoniyatlar to’g’risida fikir almashildi.  

Shundan so’ng xafta davomida ko’plab ilmiy labaratoriyalar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi. Jumladan Vytautas Magnus universiteti qishloq xo'jaligi akademiyasining  Akvakultura markaziga tashrif buyurildi. Baliqlarning turlarini ko’paytirish va sinovdan o’tkazish bo’yicha kata labaratoriya tashkil etilgan bo’lib, tadqiqot natijalari maqola qilib chop etilishi takidlandi. Shuningdek xorijlik investorlar bilan  ham xo’jalik shartnomalari tuzilishi aytildi. Akademiyadagi labaratoriyalarni o’rganar ekanmiz barchasi bugungi kun uchun dolzarb bo’lib turgan muammolar ustida tadqiqod olib borayotgani kuzatildi.

Bundan tashqari quyidagi labaratoriya va qayta ishlash korxonalariga tashrif buyurildi.  Iqlim o'zgarishining o'rmon ekotizimlariga ta'siri laboratoriyasi, agrobiotexnologiya laboratoriyasi, akademiya kutubxonasi, biomassani tozalash, logistika va qattiq yoqilg'i jarayonlari laboratoriyasi, biogaz laboratoriyasi,  “Allive Europe” MCHJ, "Nuoteku valykla" MCHJ,   “Kauno energija” MCHJ,  “Norvelita” MCHJ, “Raseiniu zuvininkystė” MCHJ, Audrones Ispiryan oilaviy fermasi,  Audrius Banionis oilaviy fermasi, "Pienas LT" kompaniyasi, "Agronomalar" Fermerlar uchun maslahat mikro kompaniyasi, "Nando Labs" MCHJ, Kimyo sohasida ilmiy maslahat va tadqiqotlar markazi kabilarga tashrif  buyurib  delegatsiya a’zolari ilmiy va amaliy bilimlarini oshirishishdi va  hamkorlikda ishlashga har ikki tomon kelishib olishdi.

 

BioEcUz loyiha koordinatori                                                                                                                              “TIQXMMI” MTU matbuot xizmati

Sh.Raxmonov axboroti.