BioEcUz loyihasi a'zolari o'rtasida onlayn seminar bo'lib o'tdi
BioEcUz loyihasining Latvia, Litva va O'zbekistondagi hamkor universitetlarining o'qituvchilari o'rtasida onlayn seminar bo'lib o'tdi. 3 soat davom etgan onlayn seminarda universitetimiz o'qituvchilari berilgan topshiriqlarni a'lo darajada bajarishdi. Seminarning maqsadi talabalarga video darslar tayyorlash va uni youtube.com saytiga joylash bo'ldi. Bunda 23 nafar ishtirokchi 5 ta guruhga bo'lindi. Har bir guruh o'zining youtub kanaliga o'zi tomonidan tayyorlangan videoni joyladi. Shuningdek, Flipgrid.com vebsaytidan foydalanib dars o'tishni xam tavsiya etildi. Seminar davomida xorijiy va mahalliy hamkor universitet o'qituvchilar talabalar uchun video shaklidagi darsliklar foydali va tushunarli bo'lishini takidlab o'tishdi.
BioEcUz loyihasi koordinatori Sh.Raxmonov ma'lumoti. "TIQXMMI" MTU matbuot xizmati.