TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2022

BioEcUz: loyiha monitoringi va istiqbollari muhokama qilindi

                BioEcUz loyiha kordinatori Irina Kulitane loyihaning joriy monitoringini o‘tkazish uchun universitetimizga tashrif buyurdi. Dastaval uchrashuv loyihaning a’zolari bilan loyihaning bajarilish bo‘yicha muhokama qilindi. Loyiha doirasidagi Latviya, Litva hamda Finlyandiya davlatiga xizmat safari taasurotlari va kelgusi stajirovkalarni o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti binosida joylashgan bioiqtisodiyot xonasi ko‘zdan kechirildi.

                 Kunning ikkinchi yarmida universitetimiz rektori prof. B.Mirzaev va Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti professori Irina Kulitane bilan muzokara o‘tkazildi. Uchrashuvda loyiha bajarilish jarayoni, olingan natijalari haqida muhokama qilindi. O‘qishga qabul qilingan magistrantlar, ularning o‘zlashtirish jarayoni va Yevropalik professor-o‘qituvchilarning ta’lim berish jarayoniga yuksak baho berildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida muammo va masalalar tizimli hal qilish borasidagi qilinayotgan ishlar yaxshi baholandi. Uchrashuv so‘nggida o‘zaro esdalik sovg‘alari topshirildi.

               BioEcUz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha hisoblanib, O‘zbekistonda ilk bor bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura dasturini joriy qilish va iqtisodiyot tarmoqlariga yetuk mutaxassislar yetishtirishdan maqsad qilib olingan.