TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

Bilimdan boshqa najot yo’li yo’q va bo’lishi ham mumkin emas!

Shavkat Mirziyoyev Xabaringiz bor "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya"  loyihasining uzoq kutilgan final bosqichi 18-19 dekabr kunlari bo’lib o’tdi. Qizg’in munozaraga boy va yuqori darajadagi final bosqichi yoshlarga katta tajriba ulashdi. Qizig’i shundaki bizning universitetimizdan final bosqichida ishtirok etgan 3 nafar talabalar Turdiyev Akbarali, Tursunqulov Avazbek va Behro’z Bektoshovlarning innovatsion loyihalari TOP-100 talik ro’yhatga kirishga munosib deb topildi va har bir ishtirokchi esdalik sovg’alari, diplom hamda 10 million so’mlik voucher bilan taqdirlandi.

Qizg’in va hayajonli taqdirlash jarayonida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Olimjon To’ychiyev g’oliblarni taqdirlab final qatnashchilariga o’z minnaddorchiligini bildirib o’tdi. Universitetimizning iqtidorli innovator talabalarining navbattagi yutug’i bilan tabriklab keyingi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.


 

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish  bo'limi axboroti