TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2022

Bilim va nutq - notiqlikning manbai

Nutq madaniyatining har ikkala ko’rinishi - og’zaki va yozma turlarini bilish qanday sohada ishlamaylik, qanday kasb bo’yicha faoliyat yuritmaylik, biz uchun suvdek havodek zarur. Demak, bilim va yangiliklarni, sohaga oid turli ma’lumot va fanga oid xabarlarni yetkaza olish uchun nutq madaniyati va ritorik mahoratni egallash juda zarur.

Davlatimiz rahbari liderlik qobilyatiga ega bo’lgan yoshlarda ergashtira olish qobiliyatini shakllantirish, mantiqiy mushohada yurita olish va o’z fikrini emin - erkin ifoda eta olish iqtidorini takomillasshtirish masalasiga e’tibor qilayotganlari bejiz emas. Uchinchi renessans bunyodkorlari keng qamrovli bilim va o’z fikriga ega bo’lgan avlod bo’lishi aniq.

Shuning uchun ham oliy ta’lim tizimida bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayev tashabbusi bilan barcha fakultetlar kesimidagi 1-kurs talabalariga nutqni o’stirish yuzasidan fakultativ mashg’ulotlar tashkil etildi.

Bugun “YeRB”, “GTQ” va “QSXET” fakultetlarining 1 - bosqich talabalari ishtirokida 7 - ma’ruzalar zalida “Nutq madanityati va notiqlik san’ati” bo’yicha ilk dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. Talabalarning o’z fikrini ifodalashga intilishi, tezkorlik va tezfahmlik bilan gapira olishi hamda xotira mashqlari ularda katta qiziqish uyg’otdi.

Maqsad sari intilish vertikal va gorizontal karyerani shakllantira olish uchun nimalar kerak, qanday uslublarning qo’llanilishi zafar sari intilishga hamda muvaffaqiyat garovi bo’lishiga zamin hozirlashini ular chuqur his etdilar.

Universitet matbuot xizmati