Bilim taraqqiyot kaliti
Joriy yilning 10-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev boshchiligida 3-Talabalar turar joyida talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida taniqli yozuvchi To‘lqin Hayitning yashab o‘tgan hayoti va yozgan asarlaridan viktorina savollari va Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Viktorina savollari talabalarni yanada tez va aniq javob berishga, zakovat intellektual o‘yini esa har bir savolga chuqquroq o‘ylashga undadi. Talaba yoshlar To‘lqin Hayit yozuvchining hayoti va yozgan asarlari bilan yanada yaqinroq tanishdi va ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati