"Bilim - baxt kaliti"
Joriy yilning 19 noyabr kuni YRB fakulteti 4 – kurs 7 – yevro guruh talabalari va guruh kuratori Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi Z. Hafizovalar bilan institut psixologi M.K. Muxamedova "Inson ichki dunyosiga nazar, baxtga yo'l" mavzusida seminar trening o'tkazdi.
Tadbir talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytirish, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, o'z ehtiyojlari va his – tuyg'ularini inobatga olgan holda e'tiborlarini boshqalarga taqsimlashni o'rganish va psixoemotsional zo'riqishlarni pasaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda qiziqarli test va treninglar o'tkazildi. Tadbir boshida passiv qatnashgan ayrim talabalar, tadbir oxirlariga kelib faolliklari ortdi. Bu albatta quvonarli holat. Demak, biz talabaning e'tiborini jalb qila oldik. Urinishlarimiz samara berganidan dalolat. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda “Mo’jizaviy quticha” mashg'uloti bilan yakunlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati