TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2023

 Bayrog‘imiz - maqsadlarimiz mayog‘i

Bugun 18 noyabr - O’zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganiga 32 yil to‘lganligi  munosabati bilan   “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti  1- bosqich talabalari bilan ushbu bayramni nishonlash maqsadida Turonbank xonasida tadbir uyushtirildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O’zbekiston Respublikasi gerbi va O’zbekiston madhiyasi kabi O’zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi.

1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi o‘z Mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng 1991 yil 18 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi  qonun qabul qilingan. Bayroq to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi matoda aks ettirilgan bo‘lib, uchta gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan bular: oq, moviy, yashil ranglardir. Bu ranglar orasini ikkita gorizontal qizil chiziq ajratib turadi. Bayroqdagi havo rang zangori osmon va musaffo suv ramzidir.

Oq rang tinchlik va poklik timsolidir. Qizil yo‘llar  har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayot ramzidir.  Yashil rang tabiat timsoli. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzidir. O’n ikkita yulduz mukammallik belgisidir. Talabalar bir-birlari bilan qiziqarli savol-javoblar qilishdi, chiroyli sherlar aytishdi.

                                                              "Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari

                                                                    D. Egamova va G. Shodiyeva axboroti

                                                                         Universitet matbuot xizmati