Bayram tadbiri
2024 yil 6 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov, Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva., tyutor O.Abdullayeva, fakultetda tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirokida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Q.Shavazov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro tanlovlarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, professor B.Mirzayevni talaba-qizlarimizga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari talaba-qizlarga samimiy tilaklar bildirib, tabriknomalar topshirdilar.Tadbirda talabalarimiz tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bayram tadbiri musiqalarga boy mazmunli bo‘lib o‘tdi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva Axboroti
Universitet matbuot xizmati