“Baxt belgisi – bilim”
Joriy yilning 8 noyabr kuni TIQXMMI “B” korpus ma’naviyat xonasida institut psixologi M.K. Muxamedova institutga tyutor lavozimiga ishga qabul qilingan xodimlarga “Yоshlar bilan ishlashda ruhiy-psixologik tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari va ijobiy natijadorlikka erishish metodikasi” mavzusida seminar trening o‘tkazdi. Treningda tyutorlarga yuklatiladigan talablarning psixologik jihatlari, kiyinish imidjlari va talabalar bilan ishlashda psixologik yondashuvning natijaga erishish nyuanslari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Seminar treningda tanishuv jarayoni eski an’analardan chekingan holda, noodatiy tarzda “Sizga tegishli bo‘lgan 5ta raqam yozing” ko‘rsatmasi orqali, natijalar olindi va muhokama qilindi.
Bundan maqsad, ishtirokchilarning bir – birlariga nisbatan e’tiborli bo‘lishliklarini va bir – birlarini ichdan his etish tuyg‘ularini kuchaytirish va shakllantirishdan iborat. Bu uslub talabalar va murabbiylar o‘rtasida ham bir –birlarini his etib ishlashlarida qo‘l keladi. Seminar treningda pedagog xodimlarning kiyinish imidji, uyda va ishdagi rollarini taqqoslagan holda “Men – uyda, men – ishda” o‘yin mashg‘uloti, “Qalamlar” va “Sehrli shar” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan barcha o‘yin mashg‘ulotlarining maqsadi ishtirokchilarning bir – birlariga nisbatan e’tiborlilik, his etish qobiliyatlarini kuchaytirishdan iborat. Tadbir so‘ngida o‘tkazilgan “Sehrli shar” mashg‘uloti barcha ishtirokchilar kayfiyatini yuqori cho‘qqiga ko‘tarib, qalblarida iliq his – hayajonlarning uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Tadbirda YRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H. Eshova va SXTEB fakulteti magistranti J. Saidahmedovlar ham faol ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘z nihoyasiga yetdi.
TIQXMMI matbuot xizmati