TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning roli

Turkmanistonning S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning roli” mavzusida Xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Unda dunyoning 12 ta davlatidan jami 130 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Xalqaro tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etishdi. 

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Hydroleaders” talabalar jamoasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning roli” mavzusida tashkil etilgan Xalqaro musobaqa doirasida o‘zlarining 2 ta start-up loyihalari bilan qatnashishdi. Xalqaro musobaqa doirasida dunyo miqyosida 130 dan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 30 tasi final bosqichiga chiqdi. Xalqaro tanlov 3 ta bosqichda tashkil etildi.

Final bosqichigacha universitetimiz  “Hydroleaders” jamoasining 2 ta start-up loyihasi yetib keldi va musobaqa yakunida “Iwater” loyihasi Shamsiddinov Xushnudbek, Reimbayev Mardon va Xamidov Sardorbeklar II-o‘rinni, “AUTO DIS” loyihasi  Xudoyberdiyev Xumoyunbek va Xamdamboyeva Azizalar final bosqichining maxsus sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.