Bank islohotlari – iqtisodiy o‘sish omili
2021 yilning 13 noyabrida institutimizning "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirokida ATB Turonbankning navbatdagi seminari bbo‘lib o‘tdi. Seminar “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish STRATEGIYaSI asosida “Turonbank” ATB tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Seminarda “Turonbank” ATBning “Bankni strategik rivojlantirish va marketing departamenti” direktori Riskulova Feruza Axmadjonovna tomonidan taqdimot qilindi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankilarini transformatsiya qilish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan murakkabliklar va ularni yechimlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berildi. Banklarda olib borilayotgan islohotlar oxir oqibatda qanday natijalar berishi tinglovchilarga tushuntrib berildi. Seminarda professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan juda ko‘plab savollar berildi. Savollarga asosli, aniq javoblar olishdi. Seminar tugashida ma’ruzachi bankdan olib kelgan sovg‘alarni faol ishtirokchilarga topshirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati