Bank faoliyati bilan tanishuv
Hozirgi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan, talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini yaxshilash va zamonaviy yangi texnologiyalar, hozirgi kun ma'lumotlari va yangiliklari bilan tanishtirish haqida ko'plab vazifalarni ta'lim sohasi vakllari oldiga qo'yganlar hamda soha kasblarini talabalar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida ko'plab hujjatlar imzolangan, shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. "Ta’lim to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim mazmunini tubdan isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining Respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga, shuningdek ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar pivojlanishining ilg‘or jahon darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida talabalarning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tashlari hamda o'quv-mashg'ulotlari yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
Yuqoridagi dolzarb maqsadlarni bajarish uchun bugungi kunda universitetimizda talabalarning ta'lim olishlari hamda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash maqsadida juda ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shunday tashabbus va amaliy ishlardan bittasi Iqtisodiyot kafedrasida amalga oshirildi. Iqtisodiyot fakulteti 301-302-guruh talabalari 5+1 tizimi bo'yicha poytaxtimizda joylashgan www.nbu.uz O'zbekiston milliy banki(NBU Tashqi iqtosodiy faoliyat milliy banki) faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda imzolangan ikki tomonlama shartnomalarda belgilangan amaliyotni o'tash uchun tashrif buyurishdi. Tashrif davomida NBU bank O'quv markazi bosh mutaxassisi Iroda Ismailova hamda Nodir Xakimov talabalarga o'quv-mashg'uloti olib borishdi. Shundan so'ng bank faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonlari boshlandi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Kelgusida o'quv-darslar bankda o'tkazilishi belgilab olindi.
Universitet matbuot xizmati