TIQXMMI yangiliklari

img
13.10.2022

Balli, qizlar

       Kuni kecha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Universitet Xotin -qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Zuxra Karabayevna Ismoilova tomonidan mamlakatimiz qizlariga bo‘lgan e'tiborni yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarish maqsadida ijodiy tadbirlar tashkil etildi. Shu jumladan, 4-TTJ da “Balli qizlar” nomli  tadbir ham qizlarni madh etuvchi kuy - qoshiqlar bilan boshlandi. Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan bu tadbir GM fakulteti xotin -qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.F. Beknazarova, dotsent M. Abduqodirova, G. Jumaboyeva, fakultet tyutorlari  G.Axmedjanova D.Asralova, Z.Tursunova, Universitet psixologi M. Muxamedova va 4-TTJ tarbiyachisi Z. Muxrinboyeva ishtirokida olib borildi.

      Tadbirda Z.F. Beknazarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz qizlariga bo‘lgan e'tiborni yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarilgani tushuntirildi. Qolaversa, yosh qizlarning salomatligini yaxshilash, ta'lim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani quvonarli hol ekanligini va bu borada talaba-qizlarning faolligi ham muhim bosqich ekanligini haqida turli hayotiy misollar bilan so‘z yuritdi. “Balli qizlar” bellashuv tadbirida fakultetning faol qizlari 3 ta shart bo‘yicha 1. Erkin mavzu, 2. Chiroyli soch turmaklash va 3. Bilimdon qiz shartlari bo‘yicha bellashdilar. Bellashuvda iqtidorli qizlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir talaba-qizlarning qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari o‘rtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida ahamiyatli bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan talaba qizlarga Kengash a'zolari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi

   

      Eng muhimi, ishtirokchi qizlar farovon jamiyatni qurishda yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini yana bir bor teran anglashdi.

Universitet matbuot xizmati