Bag’rikeng o’zbekiston – umumiy uyimiz
Ushbu haftalik doirasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan «Bag’rikeng O’zbekiston – umumiy uyimiz» mavzusida Joriy yilning 17 noyabr kuni 5-bino 206 - o’quv xonasida hamda Universitetimizni 4 - TTJ da "Yer resurslari va kadastr“ fakultetining talaba qizlari bilan “O’zbekiston - umumiy uyimiz” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatiga qo’shni Qozog’iston respublikasidan kelgan, ya’ni hozirgi kunda Universitetimizda qo’shma dastur asosida ta’lim olayotgan bir guruh talabalar ham faol qatnashishdi.
“O’zbekiston — umumiy uyimiz”, degan ezgu g’oya ruhida Vatanimiz ravnaqi uchun intilib, farovon yashamoqda. Shu bois tadbir ishtirokchilari ushbu azaliy an’anani yosh avlod ongiga singdirish va yanada rivojlantirish oldimizda turgan dolzarb vazifa ekanligini alohida qayd etishdi.
“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining katta o’qituvchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot хизмати