Ayol professor o'qituvchilar mas'uliyati
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetida 2022 - yil 8 - aprelda fakultet ayol professor o'qituvchilar jamoasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda fakultet dekani Sh.Narbayev, xotin - qizlar bo’yicha maslahat Kengash mas’uli Z.Xafizova, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova va fakultet jamoasi ishtirok etishdi.
Fakultet dekani Sh.Narbayev so`zga chiqib, Universitet xotin - qizlar maslahat Kengashi raisi Z. Ismoilova, fakultetlar xotin - qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizovalarni yana bir bor tanishtirdi. Z.Xafizova esa kiyinish madaniyati va ichki tartib - intizom to’g'risida so’z yuritib, bundan o'qituvchilar ham mustasno emasligini va har bir o'qituvchi har tomonlama namunali madaniyatga ega bo'lishi kerakligini aytib o'tdi.
Universitet matbuot xizmati