TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2022

«Ayol, naqadar nozik va go’zal xilqat...»

Ayol - yer yuzidagi barcha umrboqiy ezguliklarning ibtidosidir.

Bir kuni Volterdan: "Yaxshilik va go'zallik o'rtasidagi farq nima?", deb so’radilar. Faylasuf shunday javob berdi: “Yaxshilik dalil talab qiladi, go‘zallik esa bunga muhtoj emas”. Aynan ayollarning go'zalligi isbotga muhtoj emas! Yurtimizga eng bahoriy va eng go’zal bayram, 8 mart kirib kelmoqda. Ushbu yorqin bahor bayramida Axborot-resurs markazining butun jamoasi nomidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining barcha xotin-qizlarini xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, kasbiy muvaffaqiyat va eng muhimi har biringizga  bebaho boylik bo’lmish: salomatlik, sevgi va oddiy inson baxtini tilaymiz. Oilangizda doimo iliqlik va farovonlik hukm sursin, yaqinlaringiz har doim yonginangizda bo'lishsin, hayotingiz quvonchga to'lsin. Universitetimiz o‘z yutuqlari bilan suv va qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ko‘plab olima ayollar nomi bilan mashhur bo‘lib, ARMda tashkil etilgan “Universitetimiz olima ayollarining nashr ishlari” ko‘rgazmasi ularga bag‘ishlangan

 

Unda baxt dengizchalik bo'lsin,

Guldastalar, quvonch, maqtovlar

Va faqat yorqin daqiqalarga to’lsin!

Hayot boyliklarin, tilaymiz sizga,

Salomatlik, uzoq umr, baxtu saodat!

Mayli-da bu bayram – 8 mart kuni

Qalblarda yaxshi iz qoldirsin yil davomida.

 

Universitet matbuot xizmati