TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2022

Atmosfera havosi sifatini o’rganish bo’yicha yangi grant ish boshladi

           Universitetimiz AQSHning Sent Luis shahridagi Vashington universiteti bilan UniCEN dasturi doirasida atmosfera havosi sifatini o’rganish bo’yicha loyihada hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlik loyihasi doirasida Traktorlar va avtomobillar kafedrasi mudiri dotsent Mansur Amonovning AQSHga xizmat safari amalga oshirildi. Bugungi kunda talabalar uchun haftalik onlayn kursni o’tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.  Sent Luis shahridagi Vashington universiteti Missuri shtatida joylashgan xususiy universitet bo’lib 1853 yilda tashkil topgan. Vashington universiteti QS reytingida 118 o’rinni egallagan, bu universitetda taxsil oluvchilar soni jami 15000ga yaqin bo’lib, uni 50% bakalavrlar va 50% magistrant va doktorantlardir. Taxsil olayotganlarni 25% chet elliklar, talaba o’qituvchi nisbati 7:1. Bu yerda atrof muhit muhandisligi sohasida bir qancha yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

        Vashington universitetida halqaro aloqalarni qo’llab quvvatlash uchun alohida fond mavjud bo’lib ushbu fondning navbatdagi konkursiga yoz oylarida universitetimiz bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida yangi loyiha topshirilgan edi. Shu haftada elon qilingan konkurs natijalariga ko’ra O’zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilish loyihasi g’oliblar ro’yxatidan o’rin elalladi (quyidagi linkga qarang: https://mcdonnell.wustl.edu/mcdonnell-academy-seed-grants-provide-momentum-for-international-collaborationYangi loyiha 1 yil davomida amalga oshiriladi va unda magistrant, doktorantlarni o’zaro almashinuv, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va maqolalar chop qilish ko’zda tutilgan.

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi