ATB Turonbankining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari, professor-o‘qituvchilari ishtirokida ATB Turonbankning navbatdagi seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningni ATB Turondank o‘quv markazi boshlig‘i, i.f.n., dotsent Salomov Islom “ATB Turonbankning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi” mavzusida o‘tkazdi.
Ma’ruzachi tomonidan berilgan ma’lumotlar juda asoslangan va qiziqarli bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi moliya bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, jamladan ATB Turonbankni transformatsiya qilish borasida bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berildi. Yuzaga kelayotgan vazifalar va ularni ijobiy yechimi bo‘yicha amalga oshrilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Seminar–trening savol javoblarga boy bo‘ldi. Ko‘plab nazariy va amaliy masalalrga oydinlik kiritildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga asoslangan javoblar olishdi.