TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2023

Asabga so'z bermang odamlar...

Joriy yilning 20 fevral kuni "TIQXMMI" MTU psixologi "D" korpus 101 auditoriyada GTQ va YeRB fakulteti bir guruh talaba yoshlari bilan "Sog'lom turmush tarzi orqali asabni mustahkamlash" mavzusida seminar trening o'tkazdi. Tadbir asab kuchi orqali sog'lom bo'lish, maqsadlar sari ildam odimlash, baxtli yashash sir asrorlaridan talabalarni voqif qilish maqsadida tashkil etildi.  Universitet psixologi M.K.Muhammedova o'z nutqida jumladan: "Asablar kuchi hayotimiz bulog'i hisoblanadi. Hayot asablar orqali sodir bo'ladi. Insonda asab kuchi bo'lsagina, u sog'lom, ishtiyoq bilan maqsad sari intilib, natijada baxtga erishadi. Inson asabiylashishiga sabab bo'luvchi eng asosiy omillardan biri bu - kalsiy yetishmasligi ekan. Agar insonda kalsiy kamaysa asabiylashadi, o'zini idora qila olmaydigan, tez jahli chiqadigan bo'lib qoladi. Kalsiy inson solig'ini nazorat qilishga yordam beradi va insondan shaxs yaratadi. Asablarning faoliyati uchun kalsiy juda zarur. Bu mineral modda tananing bir joyidan ikkinchi joyiga impulslarni uzatishda yordam beradi. Kalsiy bo'lmasa siz qo'lingizni issiq plitadan tortib ololmaysiz, avtomobilga yo'l berolmaysiz, ovqat mazasini sezmaysiz. Kalsiy yetishmasligi tomir tortilishi, yurak urishi pasayishiga olib keladi", dedi. Tadbir davomida asab tizimi, asab kuchi turlari, asab tizimi muvozanati, asab yemirilishi, asab depressiyasi haqida so'z yuritildi. Seminar treningda SXTEB fakulteti tyutori M. Vafoyeva va GTQ fakulteti tyutori D. Xursandovalar ham faol qatnashishdi. M. Vafoyeva o'z nutqini shoir E Vohidovning "Asablar, sababsiz sochilgan g'azablar... " she'ri bilan boshlab, "Asablar kuchi va uning turlari" haqida so'z yuritib: mushaklar asab kuchi, a'zolar asab kuchi va ruhiy asab kuchi haqida o'z fikr va mulohazalarini bayon qildi. D.Xursandova kalsiyga boy ozuqalar haqida qiziqarli va foydali maslahatlari bilan yig'ilish ishtirokchilarida beqiyos taassurotlar uyg'otdi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etishdi va sog'lom turmush kechirish inson hayotida muhim rolga ega ekani haqidagi foydali ma'lumotlarni o'zlashtirishgan holda tadbir yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati