TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2023

Art-terapiya orqali muammolardan xalos bo'lish

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan 2023 yilni 14 dekabr kuni ayol professor-o'qituvchilar o'rtasida qobiliyatlarni aniqlash va hayotda o'z o'rnini topish bo'yicha art terapiya mavzusida trening tashkil etildi. Avvalambor Art – terapiya nima ekani haqida tushuncha hosil qilib olsak. Art-terapiya – bu ijodkorlik orqali qalb bilan ishlash usuli.  Art-terapiya odamni zo'riqishlardan xalos bo'lishga, dam olishga, taqiqlarni olib tashlashga va erkin bo'lishga imkon beradi.  Inson o'zligiga qaytgach, yanada ijodiy o'sish uchun kuch oladi. Asosiysi, inson nimaga qodir ekanligini anglab yetishga imkon tug'iladi. Inson o'ziga qo'ygan taqiqlarni yengishga, odamlar va umuman dunyo haqida yangi va qiziqarli ma'lumotlarni o'rganishga yo'l ochadi.

Tadbir o'qituvchilarning jismoniy va hissiy holatini pozitiv notaga sozlash, surunkali charchoq va hissiy bo'shliqni bartaraf etishga yordam berish, shuningdek, ijodiy salohiyatni ochish,  mehnat samaradorligini oshirish va kasbga ijobiy munosabatni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda “Quvnoq salomlashish”, “Shar orqali pozitiv hissiyotlarni ulashish”, “Shodiyona uchrashuv”, “Sog'lik” so'ziga assotsiatsiya, “Juftlikda rasm chizish”, “Hammasi o'z qo'lingizda”, “Beshta yoqimli tilak”, “Men o'z ishimni .......... (tufayli) sevaman!” kabi trening o'yinlar va “Freyd testi” olindi va muhokama qilindi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati