Art muzeyi
«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari tyutor Shodieva Gulbahor boshchiligida 10-oktabr kuni O‘zbekiston ART muzeyiga tashrif buyurishdi. ART muzeyi Toshkent shahrida joylashgan va eng chiroyli muzeylardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, muzey kolleksiyalarida eksponatlarva va rasmlar XIX-XXI asrga tegishli bo'lib eng noyob durdonalar ko'rgazmaga qoyilgan.
Muzey koʻrgazmasida Oʻrta Osiyo va Yevropa rassomlarining ishini kuzatish imkoni yaratilgan. Yuqori qavatlarda Yevropa rassomlari Ayvazovskiy, Repin, Levitan, Mashkov va Kandinskiy ishlari o'rnatilgan. Birinchi qavatda O'zbekiston rassomlarining ishlarini ko'rsak bo'ladi. Muzeyda juda ko'p san'at durdonalari mavjud va ularning barchasi bilan tanishin chiqish uchun 2 soat juda ozlik qildi.
Talablar vaqtlarini mazmunli o'tkazganligidan mamnun qoldilar.
Universitet matbuot xizmati