TIQXMMI yangiliklari

img
10.09.2022

AQShning UniCEN dasturi bilan hamkorlikda

Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ta'minlash mintaqaning suv va yer resurslaridan samarali foydalanish bilan bo`g`liq. Osiyoning katta qismlari iqlim o`zgarishi sababli yuqori suv tanqisligiga duch kelmoqda. Suv tanqisligi xavfini yumshatish maqsadida innovatsion sug'orish texnologiyalarini joriy etish va uning boshqaruvi bo'yicha tadqiqotlarni kengaytirish va ta`limni kuchaytirishni ta’qozo etadi. Shu maqsadda joriy yilning 9 - sentabr sanasida Universitetimizning Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasterida “Gidravlika va gidroinformarika” kafedrasi tashabbusi bilan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi  hamda  Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashining UniCEN loyihasi  doirasida “Ekinlarni sug`orish texnologiyalari va amaliyotlari” mavzusidagi seminar tashkil etdi.

Ushbu seminarda AQShning Nebraska Universiteti “Tabiiy resurslar maktabi” va Nebraska suv markazidan laboratoriya direktori professor Daniel D. Snow, “Biologik tizimlar muhandisligi” kafedrasi professori, dastur rahbari Daran R. Rudnik, “Biologik tizimlar muhandisligi” kafedrasi mudiri, professor Devid Jons, hamda Markaziy Osiyo universitetlarining vakillari ishtirok etishdi. “Workshop”da havola etilgan taqdimotlar ishtirokchilarda katta qiziqish va qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.  Seminar o`z ishini  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Toshkent viloyatida joylashgan “Ilmiy tadqiqotlar maydonida”  va ilg`or sug`orish texnologiyalari joriy etilgan fermer xo`jalik dalalarida davom ettiradi.  

Universitet matbuot xizmati