AQShning Nur-Sultondagi elchixonasi xodimlari tashrifi
Joriy yilning 19 iyul kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga AQShning Nur-Sultondagi elchixonasi xodimlaridan Mintaqaviy atrof -muhit, fan, texnologiya va salomatlik markazi mutaxassisi Jastin Hyori, Markaziy Osiyo mintaqaviy ESTH boshqarmasi ilmiy ishlar bo‘yicha mutaxassisi Gulnora Jumaboeva, AQShning Toshkentdagi Elchixonasi xodimi, atrof - muhit, fan, texnologiya va salomatlik markazi ESTH mutaxassisi Villiam Langley hamda AQSh elchixonasining iqtisodiy masalalari bo‘yicha mutaxassisi Jahongir Mavlaniylar tashrif buyurishdi.
Ularni Universitetimizning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abduhakim Salohiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sherzod Rahmonov va universitet Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozovlar kutib olishdi.
A.Abduhakimov mehmonlarga universitetda olib borilayotgan xalqaro sohadagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumot bergach, atrof - muhit bo‘yicha muammolarni birgalikda hal etish borasidagi hamkorlik yo‘llari, AQSh universitetlari bilan mavjud loyihalar muhokamasi, suv diplomatiyasi, suv masalalarini hal etuvchi Markaziy Osiyoda bitta markaz tashkil etilishi borasida o‘zaro fikr almashindi.
Mehmonlar D binoda joylashgan To‘palang suv ombori laboratoriyasiga va Havo sifatini nazorat qilish jihozlari joylashtirilgan maydonchaga olib borildi. Uchrashuv yakunida ularga universitetimizning ramzi tushirilgan sovg‘alar taqdim etildi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati