AQShning Lindsay kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma amalda
Ikki tomonlama kelishuv shartnomasi asosida institut o‘quv-ilmiy markaziga Lindsay kompaniyasining yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi o‘rnatildi. Mazkur sug‘orish mashinasining o‘rnatish jarayoni bevosita “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan holda amalga oshirildi.
Shuningdek, Lindsay kompaniyasi vakili Denis Nesterenko ishtirokida 2021 yil 7 dekabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidravlika va gidroinformatika”, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” va “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedralari professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistranlar va iqtidorli talabalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening jarayoni taqdimot shaklida boshlanib bevosita dala sharoitida yomg‘irlatib sug‘orish mashinasining afzalliklari, imkoniyatlari va uning jihozlarining vazifalari haqida ma’lumotlar berildi. Fikr-mulohazalar, savol-javoblarga boy o‘tgan ushbu o‘quv-seminar mamlakatimizda suv resurslaridan yanada tejamli va oqilona foydalanishda munosib hissasini qoshishi, shubhasiz.
TIQXMMI matbuot xizmati