TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2022

AQSHlik ustoz bilan qizg’in mashg’ulot davom etmoqda

 

Oldingi safar xabar qilganimizdek Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kefedrasi  va AQSHning Shimoliy Dokada Shtati Universiteti o’rtasida yaxshi hamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib so’ngi yillarda asosan hamkorlikda malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli ushbu universitet professori Tomos Bon kafedraga tashrif buyurib 2022 yil 24-fevraldan navbatdagi darslarni boshlagan edi.

Professor Tomos Bon “Elektrotexnika va mexatronika” kefedrasining 70810502 - Intellektual oʻlchash tizimlari va asboblari (tarmoqlar boʻyicha)   magistrlari, tayanch doktorantlar va yosh olimlariga “Injenerlik eksperimentlari va ekperimental stasistika”  fanidan navbatdagi mashg’ulotlarni davom ettirmoqda. Bu safargi mashg’ulotda tinglovchilar tajriba yordamida olingan natijalarni qanday qilib tahlil qilish usullarini o’rganishdi.

“Har bir olim statistik tahlillarni bilishi za’rur va statistik tahlillarsiz yozilgan dissertatsiya ishi natijalari ishonchli emas” deya keltiradi Professor Tomos Bon o’z mashg’ulotlarida.

 

 “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi

tayanch doktoranti A. Mustafoqulov axboroti