E'lonlar

12.02.2024

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning suv resurslari va atrof-muhit mintaqaviy loyihasi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning suv resurslari va atrof-muhit mintaqaviy loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida ilmiy insholar tanlovini o‘tkazadi.

Tanlovning maqsadlari:

Talabalarda tadqiqotlar olib borish, tahliliy materiallar yozish, tanqidiy fikrlash, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish, tizimlashtirilgan natijalarni taqdim etish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ularda mustaqil o‘rganish sifatlarini yaxshilash.

Jamiyatda mavjud tabiiy, shu jumladan, suv va boshqa resurslarga bo‘lgan mas'uliyatli va ehtiyotkorona munosabatni rivojlantirish.

Tanlov ishtirokchilari:

Tanlov O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarining suv resurslari, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va energetika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriatura, magistratura hamda PhD talabalari orasida o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan insholarga qo‘yilgan talablar:

Asosiy mavzu: "Suv tinchlik uchun".

Asosiy mavzu doirasida quyidagi yo‘nalishlar (sub-mavzular) insholarning e’tiborida bo‘lishi kerak:

Transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish borasida Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni rivojlantirishning roli.

Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishga qaratilgan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar.

Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba va uni Markaziy Osiyoda qo‘llash imkoniyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion echimlarni, shuningdek raqamli texnologiyalarni targ’ib qilish.

Butunjahon suv kuni - bu suv resurslaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida xalq orasida xabardorligini oshirish imkoniyatidir.

Insholar quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi lozim: muqova (sarlavha), mundarija, qisqartmalar, kirish, asosiy qism, xulosalar (tavsiyalar), adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar (mavjud bo‘lsa).

Insholar o‘zbek yoki rus tillarida, Times new roman shriftida (A4 formatda, shrift o‘lchami 14, satr oralig'i 1,15) bosma matnda yozilib, 10 betdan oshmasligi kerak (bunga sarlavha, mundarija, qisqartmalar, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar kirmaydi).

Ishtirokchi (insho muallifi) o‘z ishini taqdim etishi bilan, Loyiha tomonidan barcha maqsadlarda insholardan foydalanishiga roziligini bildiradi va insholarni tarqatish huquqi Loyihada qoladi.

Yuqoridagi mavzular bilan bog'liq bo‘lmagan va aksar talablarga javob bermaydigan insholar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovni o‘tkazish:

Ilmiy insholar ilkhom.nazarov@tetratech.com elektron pochtasiga (nusxasi esa ard.wave.info@tetratech.com va sayyora.azimova@tetratech.com  pochtalariga)

 "Ilmiy insholar tanlovi" nomi ostida (faqat Word formatida) yuborilishi kerak. Ishtirokchilar o‘z xabarlarida aloqa qilish uchun tegishli ma'lumotlarini ko‘rsatishi lozim.

Insholarni topshirish muhlati: 25 fevral 2024 yil. Ushbu muddatdan keyin va yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochtalardan boshqa aloqa kanallari orqali yuborilgan insholar qabul qilinmaydi.

Eslatma:

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni +998 90 319 39 77 telefon raqami yoki yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali Loyihaning vakili Ilkhom Nazarovga murojaat qilish orqali olish mumkin.