Aniq maqsad maktab taraqqiyoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022 - yil 2 - aprelda o‘tkazilgan xalq ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanida joylashgan 28 va 33 maktablarga kafedraning professor-o‘qituvchilari 2022 - yil 16 - aprel kuni tashrif buyurdilar.
Tashrif chog‘ida dastlab 2 ta maktab direktorlari va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z olib borildi. Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 -yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlarini yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi dotsenti E.Toshmatov axboroti