Andijon viloyatidagi davlat umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilarini universitetimizga oʻqishga taklif etish tashrifi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetini maktab o’quvchilariga yaxshiroq tanishtirish maqsadida “Marketing va talabalar amalyoti boʻlimi” nomidan X.Xayitov va doktarant B.Nasibov, Andijon viloyatidagi davlat umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʻquvchilari bilan uchrashdik. Ularga unversitet faoliyatini videorolik va prezintatsiyalar orqali yoritib berdik.
Andijon viloyati Oltinko’l tuman 33-son matemetika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi
Tashrif davomida maktab bitiruvchi sinf o’quvchilari universitetimizga katta qiziqish bildirishdi. Maktabda umumiy 1004 nafar o’quvchilar bo’lib bitiruvchi 11-sinf o’quvchilari 64 nafarni tashkil etadi. Maktabda 11-sinf bitiruvchilarining oldingi yil korsatgichi 35% ni tashkil etadi. Xozirda 3 nafar o’quvchilar IELTS sertifikatiga ega.
Andijon viloyati Izboskan tumani 57-sonli matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi
Maktab tumanda munosib o’rniga ega ekan. 2020-2021 o’quv yilida 20-umumiy o’rta ta’lim maktabini 32 nafar o’quvchi tamomladi, 24 nafari oliy ta’limga hujjatlarini topshirdi va ulardan 18 nafari O’zbekistondagi turli oliy o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilindi.
Andijon viloyati Shahrixon tumani 58-sonli matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi
Maktab o’quvchilari soni 1464 nafarni tashkil etadi.. 2020-2021 o’quv yilida 20-umumiy o’rta ta’lim maktabini 105 nafar o’quvchi tamomladi, ko’p o’quvchilar oliy ta’limga hujjatlarini topshirdi va ulardan 36 nafari O’zbekistondagi turli oliy o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilindi. Bugungi kunda bitiruvchilar soni 81 nafarni tashkil etmoqda.
Аndijon viloyati Аndijon tumani 51-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi
Hozirgi kunda maktabda 820 nafar oʼquvchilar tahsil oladi. 2021-2022 oʼquv yilida bitiruvchilar soni 43 nafarga teng. Biz maktab bitiruvchilariga oliygohdagi fakultetlar va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʼzlab berdik. Bitiruvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Uchrashuv koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtdi.