TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

“AMIRA TEXTILE” korxonasida ma’naviyat festivali

Tumanga tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilari “Amira Textile” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning ko‘p sonli ishchi-xodimlari bilan uchrashdilar.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostidagi Ma’naviyat festivali doirasida shoir va yozuvchilar, san’atkorlar korxona ishchi-xodimlariga yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdilar.

"Ma’rifat" targ‘ibotchilari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti-milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Zuhra Ismailova hamda Musallam Abdujabborovalar yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.  

Tadbirda san’atkor Rasuljon Qodirxonov tomonidan yangragan diltortar qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Universitet matbuot xizmati