TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

 Amaliyot va istiqbolli imkoniyatlar

Bugungi kunga qadar Respublikamiz suv havzalarida jami 9 milliard 460 million kub. metr suv to‘plangan, bu esa 2021- yilga nisbatan 663 million kub metrga ko‘pdir. Ammo oldingi yillar bilan solishtirilganda, hozirgi to‘plangan suv hajmi 3 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 520 million kub metrga kamligi aniqlangan.

Keyingi yillarda global iqlim o‘zgarishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv va oziqa moddalarga bo‘lgan talabini aniqlash, o‘sish va rivojlanishi, hosil to‘plashi, don va paxtaning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan bir qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan bo‘lib hisoblanadi.

2022 - yil 11 - fevraldagi 25/2022-sonli “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti bilan “TST Cluster” ma’suliyati cheklangan jamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi yo‘lga qo‘yilgan.

2022 - yil 21- aprel kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Isayev Sabirjan Xusanbayevich va “TST agro cluster” ma’suliyati cheklangan jamiyat direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Teshayev Fatxullo Jo‘raqulovich, shu korxonaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Xayitov Shuxrat, “TST agro cluster” ma’suliyati cheklangan jamiyat direktorining qishloq xo‘jaligi o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Salomov Shavkat Turapovich hamda “TST agro cluster” ma’suliyati cheklangan jamiyatining oziqa ekinlari agronomi Baxramov Arslonbek Mirzaaxmedovich davra suhbati o‘tkazilib, unda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi bakalavur talabalarini 2021/2022 - o‘quv yili yozgi amaliyotini korxonaning ishlab chiqarish sharoitida amaliyot o‘tashlari uchun kelishuv shartnomalari amalga oshirildi.

 

 

 “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isaev axboroti

Universitet matbuot xizmati