TIQXMMI yangiliklari

img
23.06.2022

Amaliyot nazariya ochqichidir

Amaliyot olingan bilimlarning tarozisi, sarhisobidir. Amaliyotda o'quvchi o'z bilimini qay darajada ekanligini bilib oladi.

      Universitetimiz "QSXET" fakulteti "TJICHAB" kafedrasi 1-kurslariga 23-iyun kuni 3-amaliy mashg'ulot darsi bo'lib o'tdi. Talabalar amaliyotga juda qiziqqani uchun, o'z vaqtida kelib professor - o'qituvchilarni kutub turishdi.

Talabalarning darsga bo'lgan ishtiyoqini ko’rgan o'qituvchilar kelganidanoq mashg'ulotini boshlab yuborishdi. Talabalar birin - ketin chiqib bugungi dars haqida o'zlari bilgan ma'lumotlarni aytishdi. Bu holatni ko’rgan o'qituvchilar amaliyot qanday tez va maroqli bo'lib o'tganini sezishmadi ham.

      Mukammal kadr bo'lishni istagan inson avvalo, o'z bilimi va amaliyot jarayonni teng, bir qadamga olib borishi kerak. Uyning mustahkamligi uni qurgan ustaga bog'liq bo'lsa, kasbning  mustahkamligi esa asosan amaliyotga bog'liqdir.

      QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti

       Universitet matbuot xizmati