Amaliyot maroqli oʻtmoqda
“Fizika va kimyo” kafedrasiga tegishli boʻlgan “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” talim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi.’’Fizika Quyosh ‘’Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika institutida tanishuv oʻquv amaliyoti koʻtarinki ruhda boshlandi.
Belgilangan vaqt davomida Materialshunoslik va yangi materillar boʻyicha tanishuv amaliyoti oʻtalyapti. Ushbu amaliyot davrida talaba yarim oʻtkazgichli materiallarning konstruksiyalari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlyapti. Materilashunoslik va yarimoʻtkazgichli elementlar va ularning ishlash tizimi toʻgʻrisida ma’lumotlar bilan tanishyapti.
Yarimoʻtkazgichli materiallarining ishlashi ularning unumdorligini oshirish davrida uchraydigan nuqsonlar va ularni tuzatish ishlari, texnika boʻyicha oʻzlarining bilimlarini mustahkamlab olayaptilar. Bu malakaviy amaliyotda talabalar oʻz bilimlariga ega boʻlmoqda. Amaliyot juda maroqli va qiziqarli boʻlmoqda.
Talabalar amaliyotga borib, yarimoʻtkazgichli materiallar haqida va boshqa kerakli ma’lumotlarni olib, oʻz koʻnikma va bilimlarini mustahkamlab bormoqda.
Hozirda talabalar amaliyotda yarimoʻtkazgichli materiallar va quyosh paneli, issiqlik energiyasi boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni qiziqish bilan oʻrganmoqdalar.
Fizika va Kimyo kafedrasi dotsenti A.A.Karimov axboroti
Universitet matbuot xizmati