TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2022

Amaliyot kuchi

Darsda eshitish, yozish samaralidir, ammo amaliyotda mustahkamlash bulardan anchagina samaralidir. Joriy yilning 19-oktabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining òqituvchisi A.Abdugʻaniyev boshchiligida "TJICHAB va ATT" yònalishi 3-bosqich talabalari havoni turli xil injiqligiga qaramagan holda 5+1 dasturi asosida Sergeli tumanida joylashgan "Salar oqova suvlarni tozalash inshooti"ga tashrif buyurishdi. Talabalar yetib borgach ularni inshoot bosh muhandisi kutib olib yòl boshlovchilik qildi. Bu amaliyot jarayonida talabalar darsda òtgan mavzularini amaliyotda mustahkamlab, òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati