24.06.2022
Amaliyot bilimga tayanch
23 may kuni GM-113 guruh talabalari uchun “Injenerlik Geodeziyasi” fanidan boshlangan amaliyotning to’rtinchi kuni qiziqarli va maroqli tarzda o’tmoqda. Talabalar fandan olgan bilim va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llab o’z bilimlarini mustahkamlashmoqda.
Yer o’lchash ishlari bilan bog’liq moslamalardan to’g’ri foydalanishni o’rganib, hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqda.
Bu amaliyot ularning kelgusi ishlarida muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi tushungan holda bu ishlarni sidqidildan bajarayotganining guvohi bo’ldim .
GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati