Amaliy safarning hazariy zafari
2023 yil 21 dekabrdagi Suv xo’jaligi vazirining yoshlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan takliflardan kelib chiqqan holda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda joriy yil 20 yanvar kuni talabalarning bo’sh vaqtini samarali o’tkazish maqsadida dekan o’rinbosari O.Ro’zibaev hamda "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi mudiri I.Ro’ziyev boshchiligida "Toshkent” suv omboriga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida “Ellips” kompaniyasi xodimlari “Apachi-3” suv o’lchash qurilmasining ishlash jarayoni bilan talabalarni tanishtirdi. O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mutaxassislari tomonidan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib suv omborining morfometrik ko’rsatkichlari hisobini bajarish ishlari 60 ga yaqin suv omboridan 23 tasida tadqiqotlar olib borilganligi va naturada o’lchangan qiymatlar bilan solishtirganda 90-95 % aniqlikda bajarilganligi haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Ekskursiyadan ko’zlangan maqsad suv xo’jaligi mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni zamonaviy ultratovushli uskunalar va sun’iy yo’ldoshlar ma’lumotlaridan foydalangan holda suv omborlarida o’lchash ishlarini olib borish ko’nikmalarini hosil qilishdir.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari O.Ro’zibayev axboroti
Universitet matbuot xizmati