TIQXMMI yangiliklari

img
01.02.2024

Amalda "Ustoz shogird tizimi"

Ustoz-shogirdlik an’analari qadimdan rivojlanib kelgan, ayniqsa ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik, me’morlik, tibbiyot kabi sohalarda ustoz-shogirdlik munosabatlari umuminsoniy qadriyatlariga aylanib ketgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi” da yosh kadrlar uchun davlat organlari va tashkilotlaridagi tajribali rahbarlar va mutaxassislar tomonidan ustozlik institutini joriy qilish belgilangan.

Universitet rektorining 2023 yil  30 –sentabrdagi  278a/f - sonli buyrug’iga asosan "Yer resurslari va kadastr" fakultetining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari 2, 3, 4-kurs talabalari uchun 2023-2024 o‘quv yilida “Ustoz-shogird” tizimi asosida fakultet professor- o‘qituvchilari 1-ilovasiga muvofiq biriktirilgan va tasdiqlangan. Bizga ma’lumki, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda yoshlarning komil inson va yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, universitet talabalarini ish bilan ta’minlash, ularning o’z ish joylarida qo’nimliligi va malakalarini oshirib borishlariga qulay imkoniyat yaratish maqsadida  ularga malakali ustozlarni biriktirish orqali  «Ustoz-shogird» an’anasini davom ettirish ustuvor vazifalardan biridir. Universitetda “Ustoz-shogird” tizimini doimiy tarzda olib borish “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi professor-o’qituvchilariga ham yuklatilgan.

2024-yil 31 yanvarida kafedra professor o’qituvchilari o’zlariga biriktirilgan “Ustoz shogird” amalda mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Davra suhbatida kafedra professor-o’qituvchilari «Ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish va bu ishlarni tizimli ravishda olib borish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganligini aytib o’tdilar. O’tkazilgan davra suhbatida “Ustoz-shogird” tizimini samarali joriy qilish maqsadidan kelib chiqib kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati