TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2022

Аloqа tаrixigа bir nаzаr

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Аdham Mamataliyev rahbarligida, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” taʼlim yo‘nalishi 404-guruh talabalari Toshkent shahridagi Аloqa tarixi muzeyiga tashrifni amalga oshirdilar. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida yaxshi bilimga ega bo‘lishda bu sohaning bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish tarixini bilish albatta foydadan xoli bo‘lmaydi. Tashrifdan maqsad ham talabalarni axborot-kommunikatsiya sohasining paydo bo‘lishi, rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish, bu sohadagi tasavvurlarini boyitishdan iborat edi.

Aloqa tarixi muzeyi O’zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo’limlaridan iborat bo’lib, talabalar muzey eksponatlarini maroq bilan tomosha qildilar. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.

Universitet matbuot xizmati