TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2023

Akademik litseyi o’quvchilari “TJAB” yo’nalishi bilan tanishdilar

19 - aprel kuni Universitetimiz qoshida joylashgan “International house" akademik litsey iqtidorlik talabalari “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishi haqida ma’lumot olish uchun universitetga tashrif buyurishdi. Talabalar universitetda yaratilgan sharoitlar, “TJAB” yo’nalishi haqida va kasb istiqboli haqida kafedra xodimi Ozodov E'zozdan ma’lumot olishdi.

Uchrashuv davomida talabalar “TJAB” kafedrasining innovatsion laboratoriyasida qiziqarli eksprementlarni amalga oshirdilar. Akademik litey talabalari tomonidan universitetda tahsil olish va mutaxassislikni o’rganishga qiziqish bildirildi.

Universitet matbuot xizmati