“Akademik harakatchanlik” dasturi g’oliblarini e’lon qildi
14-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Yoshlar akademiyasi a'zolarining innovatsion g'oyalari, texnologiyalari va loyihalari ko'rgazmasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova ochib berdi.
Tadbirda «Akademik harakatchanlik» dasturi doirasida g'olib deb topilgan Respublikamizning 13 nafar yosh tadqiqotchilarga sertifikatlar topshirildi. Universitetimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tayanch doktoranti Melikuziyev Sarvarbek Mahmud o’g’li, t.f.d., professor A.Arifjanov ilmiy rahbarligida “Magistral kanallarda loyqa cho‘kindilarni tozalashda havo + suv yordamida ishlovchi innovatsion qurilmani yaratish” mavzusidagi loyihasi bilan tanlov g’libligini qo’lga kiritdi.
O'z ilmiy ishlarini olib borayotgan mazkur yosh olim respublika hududidagi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va laboratoriyalarda loyiha doirasida 6 oylik qisqa muddatli stajirovka o'taydi. Stajirovka xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish uchun ajratilgan byudjet mablag'lari doirasida tegishli shartnomaga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (49 mln soʻm) niqdorida moliyalashtiriladi.
Universitet matbuot xizmati