TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2022

Ajdodlar yodi

2022 - yil 2 - mart kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida dastlab shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida  shoir tomonidan yozilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “O‘zbekiston”, “Shoir yuragi” nomli kitoblaridagi she’rlarni talabalarimiz ifodali tarzda o’qishdi. Tashrif davomida Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalluding 107 yilligi munosabati bilan shoiraning haykali oldida talabalarimiz Urush davrida yozgan “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida” kabi to‘plamlarini yod oldilar.

 

Universitet matbuot xizmati