TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2023

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

Joriy yilning 9 fevral kuni "TIQXMMI" MTU 1-2-4 TTJ talabalari ishtirokida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. TTJ pedagogik jamoasi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekan muovinlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning o'zbek tili va adabiyoti rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak ma'naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ijodining ahamiyati xususida so'z yuritildi.

Talaba yoshlar shoir asarlaridan namunalar o'qib, dostonlari asosida sahna ko'rinishlari namoyish etdilar. Ta'lim dargohlarida o'tkazilayotgan bu kabi xayrli ishlar ulug' mutafakkirimiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va o'zaro hurmat tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

2-TTJ tarbiyachi pedagogi D. Shukurullaeva axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati