TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2022

«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning, 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi konstutsiya kuni munosabati bilan, Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Zilola cinema production» studiyasi tomonidan suratga olingan «Afv» badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda unversetitimizning “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasi hamda talaba-yoshlari tomoshabin sifatida ishtirok etishdi. Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi. Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo‘rayeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Xoshimova va Zilola Jo‘rayevalar tomonidan ajoyib real voqealarga asoslangan kino suratga olishgan. Ayniqsa, aktiyorlarimizdan Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpo‘latov, Zilola Jo‘rayeva, Tal’at Yo‘ldoshev va boshqalar o’z rollarini maromiga yetkazib o`ynashgan. Barcha tomoshabinlarda talaba-yoshlarga ushbu badiiy film katta taassurot qoldirdi.

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati