TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2022

Adibni ardoqlab

       YeRB fakultetining  1- bosqich talabalari ishtirokida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Abdulla Oripov bog‘ida kichik mushoira uyushtirildi. Adibning qalamiga mansub she’rlardan o‘qib, shoirning hayoti va ijodi haqida suhbatlashildi.  

      Shoir she’rlaridagi joziba, badiiy bo‘yoqlar, vatanparvarlik tuyg‘usi, ona xalqiga bo‘lgan yolqinli mehru muhabbat hissi ufurib turgan misralar talabalarni befarq qoldirmadi. Ularning shoir she’riyatiga bo‘lgan qaynoq mehri shundoqqina sezilib turdi. Ularning adabiyot va san’at namunalarining ardoqlashidan ulardagi badiiy-estetik zavqning ta’sirli kuchini sezmaslik mumkin emas. Adiblarini ardoqlagan xalqning tarixi ham kelajagi ham buyuk bo‘ladi.

     YeRB fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati