TIQXMMI yangiliklari

img
25.11.2021

Adiblar ma’naviyatiga talpinib

 Har bir mo‘min Ka’baga talpingani kabi adabiyotga oshufta qalblar ham “Adiblar xiyoboni” tomon borishni kanda qilishmaydi. Bugun ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshkarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari o‘rtasida 2021 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Abdulla Oripov haykali poyida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham xuddi shu fikrni tasdiqlagani rost. Tadbir O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodiyotiga bag‘ishlangan “Adib ijodiga bir nazar” mavzusida tashkil etildi. Bugungi talaba-yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, aynan iqtidorli talabalarimiz takliflaridan kelib chiqib, o‘zbek xalqining buyuk shoiri, davlatimiz madhiyasining asoschisi, el sevgan adib Abdulla Oripovning ijodiy va hayotiy faoliyatini yana bir bor yod etish maqsad qilindi. 

 Unda O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher Boymurodov va O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi a’zosi, iqtidorli shoir Anvar Botir, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabaevna, xotin-qizlar kengashi raisi o‘rinbosari Zulfiya Xafizova, fakultetilar  o‘rinbosari  xotin-qizlar kengashi raislari,  tyutorlar, ayol professor-o‘qituvchilari va  talaba-yoshlar qizlar ishtirok etishdi. Alisher Boymurodov ustoz shoir bilan bo‘lgan muloqotlaridagi xotiralardan so‘zlab bekrdi. So‘ngra iqtidorli shoir Anvar Botir o‘z she’rlaridan o‘qib davraga fayz kiritdi. SHuningdek, institumizda faol ijodkor talabalarimiz, shuningdek, institut notiqlik san’ati to‘garagi a’zolari shoir ijodidan namunalar o‘qib berishdi. Tadbir yakunida adib haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

TIQXMMI  matbuot xizmati