TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2022

Adiblar chamanzoridagi tarovat

   "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti "Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti" fakultetiga qabul qilingan birinchi kurs talabalari va faol yoshlar bilan birgalikda "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurildi. O'zbekiston Xalq Qahramoni, marhum shoir Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish, qolaversa yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida uyushtirilgan badiiy kecha tabiat qo'ynida, o'zgacha ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirni fakultet dekan o'rinbosarlari I.Buxarov hamda A.Mutalovlar ochib berishdi. Tyutorlar B.Abdullayev, Z.Nuraliyeva, D.Xudoynazarovalar ham tadbirga ijodiy yondashib, talabalarga motivatsiya berishdi.

    209-guruh talabasi J.To'qsonov o'zining ijod namunalaridan o'qib berdi. Fakultet Yoshlar ittifoqi  yetakchi va faollari, talabala-yoshlar ham katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Shoir she'rlari asosida she'rlar guldastasini taqdim etdilar. Bu singari badiiy kechalar talabalarga ma’naviy ozuqa berishiga ishonamiz.

QSXET fakulteti matbuot kotibi T.Ergashov axbaroti

Universitet matbuot xizmati