TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2022

Adabiyot - xalqning yuragi

Sanatga, adabiyotga bolgan muhabbat zaminida el-yurtga bolgan ehtirom borligini inkor etish qiyin. Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz,” – deb ta’kidlagan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Darhaqiqat, mamlakatimizda 9 - fevral sanasini har yili adabiyot va ma’rifat bayrami  va   buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning tavallud ayyomi sifatida yuksak darajada nishonlash an’anasi qaror topdi.

Shu munosabat bilan “Gidromelioratsiya” fakultetining “Lashkarbegi” mahallasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan yo‘l xaritasi asosida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xodimlar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalari Sergey Borodina uy muzeyida “Lashkarbegi” mahallasi fuqarolari bilan buyuk  shoir  Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla raisi Zulfiya opa so‘zga chiqib hamkorlikdan mamnunligini bildirib o‘tdi va tadbirni ochib berdi. Tadbir avvalida  Alisher Navoiy ijodidan parchalar o‘qildi va sharhlandi. Iqtidorli talabalar o‘zlari yod olgan g‘azal va ruboiylaridan tadbir ishtirokchilariga ifodali ohang bilan maromiga yetkazib aytib berdilar. Tadbir so‘ngida shoir hayoti va ijodidan tuzilgan viktorina o‘tkazildi va to‘g‘ri javob bergan fuqarolarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur tashrifdan unumli foydalangan holda Sergey Borodina uy muzeyi bilan tanishib chiqildi.

         Universitet matbuot xizmati